14:06 / 18.01.2019
4 095

Magnitogorskdagi portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Magnitogorskdagi portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi
IShID Rossiyaning Magnitogorsk shahrida ko‘p qavatli uy va yo‘nalishdagi mashina portlagani uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Al Naba nashrida jangarilar uzoq vaqt sukut saqlaganlarini portlashni uyushtirganlarning xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan izohlagan.
Ularning da’vosiga ko‘ra, IShID tarafdorlari Magnitogorskdagi binoning uchinchi va o‘ninchi qavati o‘rtasida portlovchi qurilma o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni Magnitogorskdagi ko‘p qavatli bino portlashi oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. 1 yanvar kuni shaharda yo‘nalishdagi avtomobil yonib ketishida 3 kishi qurbon bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Magnitogorskdagi portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi