18:45 / 18.01.2019
3 443

Kolumbiyada sodir etilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi (video)

Kolumbiyada sodir etilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi (video)
Bugun, 18 yanvar kuni kechasi Kolumbiyaning Bogota shahridagi kadetlar maktabida mina joylangan avtomobil portlashi oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 68 kishi jarohatlangan.
Kolumbiya Bosh prokuraturasi ma’lum qilishicha, teraktni 56 yoshli Xose Aldemar Roxas sodir etgan. Uning boshqaruvidagi 1993 yilda ishlab chiqarilgan pikapli Nissan avtomobilida 80 kg miqdordagi portlovchi moddalar bo‘lgan. Haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Kolumbiya Prezidenti Ivan Duke kadetlar maktabi hududida sodir etilgan terakt munosabati bilan mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qildi.
"Biz qurbonlar xotirasi uchun mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qildik", - degan Duke o‘z xalqiga qilgan telemurojaatida.
Shuningdek, Kolumbiya Prezidenti mamlakat chegaralari, shaharga kirish-chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan, fuqarolarni terrorchilik tahdidiga qarshi birlashish va tergov ishlarida hamkorlik qilishga chaqirgan.
VIDEO

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyada sodir etilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi (video)