22:08 / 18.01.2019
3 485

Muhojirlarning katta guruhi Meksikadan yerosti yo‘li orqali AQShga o‘tgan

Muhojirlarning katta guruhi Meksikadan yerosti yo‘li orqali AQShga o‘tgan
AQShda boshpana olishni istagan 376 nafar kishidan iborat muhojirlar guruhi Arizona shtati San-Luis shahri yaqinidagi devor ostidan qazilgan yerosti yo‘li orqali chegarani kesib o‘tdi. Bu haqda AQSh bojxona va chegara xizmati vakillariga tayanib Kun.uz xabar qildi.

Qayd etilishicha, voqea dushanba kuni sodir bo‘lgan va muhojirlar hukumatga taslim bo‘lgan.
Bojxona xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, chegarani kesib o‘tganlarning 179 nafari bolalardir.

Hozirda Meksika-AQSh chegarasida Markaziy Amerika mamlakatlaridan kelgan bir necha ming muhojir to‘plangan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Tixuana va Mexikali shaharlarida Honduras, Gvatemala va Salvadordan kelgan 6-9 ming nafar muhojir bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muhojirlarning katta guruhi Meksikadan yerosti yo‘li orqali AQShga o‘tgan