Facebook «muvofiqlashtirilgan ishonchsiz harakatlar» uchun juda ko‘p sahifa va akkauntlarni o‘chirib tashladi. Kompaniya blogida xabar berilishicha, ushbu akkauntlardagi postlar Sputnik axborot agentligi xodimlari tomonidan olib borilgan.
«Biz ushbu sahifa va akkauntlar kontenti uchun emas, ular tomonidan chop etilayotgan hatti-harakatlar uchun o‘chirdik. Ushbu faoliyat ortida turganlar, o‘z harakatlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirilgan soxta akkauntdan foydalangan holda yuritgan, bu esa bizning harakatlarimiz uchun asos bo‘lib xizmat qildi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Mazkur akkauntlar Boltiq, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ma’lumot tarqatishga yo‘naltirilgan:
«Ushbu sahifa ma’murlari va akkaunt egalari asosan Ruminiya, Latviya, Estoniya, Litva, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Qirg‘izistondagi OAV sifatida yoki ob-havo, sayohat, sport, iqtisodiyot yoki siyosat mavzularidagi akkaunt sifatida ko‘rsatgan», — deyiladi xabarda.
Facebook’da o‘chirilgan sahifalarning umumiy soni 364 ta. Ushbu akkaunt va sahifalar 790 mingga yaqin obunachilarga ega bo‘lgan.
Ushbu sahifa ma’murlari ularni rivojlantirishga 135 ming AQSh dollar sarflagan.
Facebook’ning qayd etishicha, tekshiruv natijalari AQSh huquq-tartibot organlari, AQSh Kongressi va boshqa texnologik kompaniyalar hamda nomlari qayd etilgan mamlakatlarning siyosatchilari bilan bo‘lishilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi