09:35 / 20.01.2019
5 528

Eng jozibali va arzon poytaxt-shaharlar reytingi

Eng jozibali va arzon poytaxt-shaharlar reytingi
Dunyoning eng jozibali va narx-navosi choʻntakbop poytaxt-shaharlari reytingi taqdim etildi. Bu haqda “Business Insider” nashri ushbu natijani ikki reyting asosida shakllantirdi.

Avvaliga Britaniyaning “Cuba Holidays” sayyohlik agentligi maʼlumotlari oʻrganildi. Mehmonxonada yashash, ovqatlanish, ekskursiyalarga chiptalar va transportda yurish narxlari solishtirib chiqildi.
Keyin eng arzon poytaxt-shaharlar orasidan eng jozibadorlari tanlab olindi. Bunda “Euromonitor International” maʼlumotlaridan foydalanildi.

Indoneziya poytaxti — Jakarta oʻziga xos bu reyting yetakchisiga aylandi — ham arzon, ham bu yerga kelganingizga pushaymon boʻlmaysiz. Ikkinchi oʻrinda — Buenos-Ayres (Argentina), uchinchi — Pnompen (Kambodja), toʻrtinchi — Qohira (Misr) va beshinchi Mexiko — (Meksika).
Yetakchi oʻnlikning ikkinchi qismidan Moskva (Rossiya), Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni), Lima (Peru), Kuala-Lumpur (Malayziya) va Varshava (Polsha) joy oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng jozibali va arzon poytaxt-shaharlar reytingi