16:20 / 21.01.2019
6 085

Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut qancha?

Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut qancha?
Dunyo aholisining boy va qashshoq qatlamlari o‘rtasidagi tafovut ilgari chamalangandan ham kattaroq. Bu borada tadqiqot o‘tkazgan «Oxfam» xalqaro xayriya va insonparvarlik tashkiloti shunday xulosaga keldi.

«Jahondagi, xususan, Hindiston va Xitoydagi boyliklarning taqsimlanishi to‘g‘risidagi yangi va aniqlik kiritilgan ma’lumotlar insoniyatning eng kam ta’minlangan qismi ilgari chamalanganidan ham kam ta’minlanganini ko‘rsatmoqda», — deyiladi hisobotda.

Qashshoqlikning qisqarish sur’ati 2013 yilga solishtirganda ikki marotaba kamaygan, shuning barobarida «Qora Afrika»ning qashshoqlikda yashayotgan aholisi soni oshgandan-oshmoqda.

Ta’kidlanishicha, jahondagi 8 nafar eng boy insonning boyligi (400 mlrd. dollar)sayyoramizning 3,6 mlrd. nafar eng kambag‘al aholisi boyligi (384 mlrd. dollar)dan ko‘p.

Dunyo boyliklarining 50,8 foizi 1 foiz eng boy insonlar qo‘lida to‘plangan, eng qashshoq 1 foiz aholining bor-budi esa 0,16 foiz, xolos.
Hisobotda ta’kidlanishicha, jahonda milliarderlar soni so‘nggi o‘n yilda qariyb ikki hissaga oshib, 2018 yili 2208 nafarga yetdi.

Umumiy tengsizlik ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida tengsizlikka olib kelyapti — aholi qashshoq qatlamining ta’lim olish imkoniyatlari ancha past va kamroq umr ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut qancha?