Brand Finance kompaniyasi talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmatbaho brendlari reytingining yetakchi uchtaligi 2018 yil ichida o‘zgarmadi. Amazon hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda, ushbu brend 187,9 mlrd dollarga baholangan (o‘sish 24,6 foiz).
2-o‘rinni Apple (153,6 mlrd, 5 foiz o‘sish), 3-o‘rinni Google (142,7 mlrd, 18,1 foiz o‘sish) egallamoqda.
Yetakchi o‘ntalikdan AQShning 7 ta kompaniyasi (yuqorida qayd qilingan yetakchi uch kompaniyadan tashqari Microsoft, AT&T, Facebook va Verizon), Xitoyning 2 ta (ICBC va China Construction Bank) va Janubiy Koreyaning bitta kompaniyasi – Samsung o‘rin olgan (4-o‘rin). Samsung kompaniyasi brendi yetakchi o‘ntalikda arzonlashgan yagona kompaniya bo‘ldi (91,2 mlrd dollar, 1,1 foizga arzonlashgan).
Mutaxassislar eng kuchli brend sifatida Ferrari’ni e’tirof etishgan. Bunda kuchlilik koeffitsiyenti investitsiyalar va marketing, aksiyadorlik kapitali o‘lchami va bu omillarning biznesning samaradorligiga ta’siri asosida hisoblab chiqiladi.
Bu borada 2-o‘rinni Rossiyaning Sberbanki egalladi. Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan: Deloitte, WeChat, McDonald’s, Intel, Rolex, Neutrogena, Coca-Cola va PwC. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi