21:02 / 22.01.2019
4 612

Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi

Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi
«Batkivshchina» partiyasi o‘z yetakchisi – Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoni prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatdi.

Timoshenkoning saylovoldi dasturi mamlakatga yangi iqtisodiy yo‘nalish zarurligiga asoslanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uch yildan buyon 100dan ortiq ekspertlar ushbu yo‘nalishni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.

Yuliya Timoshenkoning fikriga ko‘ra, Ukrainaning yangi iqtisodiy yo‘nalishi mamlakat moliyaviy siyosatini o‘zgartirishni – Milliy bank ustidan to‘liq davlat nazorati o‘rnatish, inflyatsiyani to‘xtatuvchi amaldagi mexanizmlarni joriy etish, yangi soliq tizimini ishlab chiqish, kredit siyosatini o‘zgartirish va aholi daromadi darajasini oshirishni ko‘zda tutadi.

Yuliya Timoshenko Dnepropetrovskda tug‘ilgan bo‘lib, 58 yoshda. U 1998 yilda Oliy rada deputati sifatida siyosatga qadam qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi