09:14 / 24.01.2019
4 741

Venesuelada politsiya namoyishlarga qo‘shildi, Kuba va AQSh bayonot berdi

Venesuelada politsiya namoyishlarga qo‘shildi, Kuba va AQSh bayonot berdi
Valensiya shahrida Venesuelaning Karabobo shtatidan bo‘lgan bir guruh politsiyachilar ishtirokchilari mamlakat prezidenti Nikolas Maduro iste’fosini talab qilayotgan norozilik namoyishiga qo‘shildilar. Bu haqda TASSga asosan Kun.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, El Nacional gazetasi voqeaga guvohlardan biri tomonidan olingan videorolikni norozilik namoyishlarida politsiya ishtirok etayotgani to‘g‘risidagi xabarga qo‘shib qo‘ygan.
Avvalroq, Venesuela milliy gvardiyasi poytaxtdagi Chakao munitsipalitetiga zirhli texnikalarni kiritgani xabar berilgandi.

Shuningdek, Venesuela Mudofaa vazirligi rahbari Vladimir Padrino Lopesning ma’lum qilishicha, mamlakat armiyasi muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Foto: Federico Parra/AFP/Getty Images. Xuan Guaydo
O‘z navbatida, Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, Kuba Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlaydi va uni «qonuniy» yetakchi, deb biladi. Bu haqida u tvitterida yozgan.

Foto: Miraflores Palace/Handout via REUTERS. Nikolas Maduro
Mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarni Rodriges «davlat to‘ntarishi»ga urinish, deb atadi. Shuningdek, uning umid qilishicha, Venesuela aholisining «irodasi» «mustamlakachilik aralashuvi» ustidan «g‘alaba» qozonadi.

«Tarix fitna uyushtirganlarni qo‘llab-quvvatlovchi va tan oluvchilarni qoralaydi», - deya xulosa qildi Rodriges.
U «fitnachi» deb, katta ehtimol bilan, muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni nazarda tutgan.

Qo‘shma Shtatlar Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga AQSh bilan diplomatik aloqalarni uzish huquqi bo‘yicha rad javobi berdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Davlat departamenti saytida joylashtirilgan bayonotida aytiladi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, AQSh Venesueladagi muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo orqali Venesuela bilan diplomatik aloqalarni davom ettiradi.
«AQSh Maduro rejimini Venesuela hukumati sifatida tan olmaydi», - deyiladi Pompeoning bayonotida.

Shuningdek, saytda qayd etilishicha, AQSh Venesueladagi diplomatik missiya va uning xodimlariga tahdid solganlarni «javobgarlikka tortishga» tayyor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuelada politsiya namoyishlarga qo‘shildi, Kuba va AQSh bayonot berdi