08:48 / 25.01.2019
4 196

Venesuela elchisi mamlakatidagi voqealarni Suriyadagi voqealarga qiyosladi

Venesuela elchisi mamlakatidagi voqealarni Suriyadagi voqealarga qiyosladi
Venesuelaning Suriyadagi elchisi Xose Grigorio Bemorji Muzzatiz mamlakatida ayni vaqtda yuz berayotgan voqealarni 2011 yilda Suriyada yuz bergan voqealarga qiyosladi. Uning aytishicha, Venesuelada ham Suriyadagi kabi ssenariy qo‘llanmoqda.

23 yanvarda Karakasda prezident Nikolas Maduroga qarshi namoyishlar boshlandi. Muxolif parlament spikeri Xuan Guaido shu kuni o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan. AQSh va bir qator boshqa davlatlar Guaidoni prezident sifatida tan olishlarini aytishgan va Madurodan muxolifatga qarshi kuch qo‘llamaslikni talab qilishgan.

24 yanvarda Venesuelaning Damashqdagi elchixonasi oldida Venesuela xalqi bilan birdamlik namoyishi o‘tgan. Namoyishchilar Maduroni qo‘llab-quvvatlashgan.

Muzzatiz Venesuelada ham Suriyadagi kabi voqealar yuz berayotganini aytmoqda. Uning ta’kidlashicha, muxolifat demokratiya kabi so‘zlarni ishlatmoqda, biroq qonunan saylangan prezidentni tan olmayapti va hech kimga noma’lum nomzodni ilgari surmoqda.

Diplomatning aytishicha, Venesuelada davlat muassasalari odatdagi tartibda ishlamoqda va vaziyat umuman olganda “me’yorida” hamda hukumat nazorati ostida qolmoqda.

“Suriyada 8 yil ichida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi, vayrongarchiliklar ko‘lami ulkan, biror a’zosi halok bo‘lmagan oila yo‘q. Ular Venesuelaga ham shunday ssenariyni suqishtirishmoqchi, biroq bizning davlat g‘alaba qiladi”, deb aytgan elchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuela elchisi mamlakatidagi voqealarni Suriyadagi voqealarga qiyosladi