09:43 / 26.01.2019
4 725

Qozog‘iston va Qirg‘iziston bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi
Qozog‘istonning “Tojik-afg‘on chegarasida jangovar harakatlar va harbiy ixtiloflar faxriy ishtirokchilari ittifoqi” tashkiloti raisi Murat Muxamedjanov Qozog‘iston bayrog‘idagi quyosh o‘rniga oyning tasvirini joylashtirishni taklif qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Zaxiradagi podpolkovnik nashr tahririyatiga bu xususda maktub yo‘llagan. U bayroqning rangini avvalgidek qoldirishni, biroq quyosh tasviri o‘rniga islom dini ramzi sifatida oyni joylashtirishni taklif qilgan.

“Turkiyzabon davlatlardan faqat biz va Qirg‘iziston o‘z bayrog‘ida oy tasviriga ega emasmiz, qolgan barcha turkiyzabon davlatlar – O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Turkiyada u bor, vaholanki bu davlatlar islomiy emas, balki dunyoviy va huquqiy davlatlar maqomiga ega. Biz sanab o‘tilgan davlatlar bilan turkiy kengashga kirganimiz bois, farqlanib turishimiz kerakmas, deb hisoblayman. Bundan tashqari, biz umumiy madaniyat va urf-odatlar birlashtirib turadigan turkiy xalqlar tarixini bilishimiz lozim”, deb yozgan sobiq harbiy.

Uning ta’kidlashicha, oy turkiy madaniyatda katta ahamiyatga ega – yangi oy chiqishi Ramazon oyi boshlanishi va tugashini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, musulmonlar oy taqvimi bo‘yicha yashaydilar.

Murat Muxamedjanov Qirg‘izistonni ham ushbu taklifga amal qilib, bayrog‘ida oy tasvirini joylashtirishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston va Qirg‘iziston bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi