19:26 / 26.01.2019
4 859

Braziliyada toʻgʻon oʻpirilishi sababli uch kunlik motam eʼlon qilindi

Braziliyada toʻgʻon oʻpirilishi sababli uch kunlik motam eʼlon qilindi
Braziliya janubi-sharqida toʻgʻon oʻpirilishi sababli Minas-Jerays shtatida uch kunlik motam eʼlon qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, mazkur halokat oqibatida qurbon boʻlganlar soni 9 kishiga yetgan, 300dan 350gacha kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda.

Xabarlarga koʻra, halokat yuz bergan hududda 427 kishi boʻlgan, 279 kishi tirik holda topilgan. Mahalliy OAV kamida 50 kishi halok boʻlganini xabar qilgan.
Juma kuni Brumadinyu munitsipaliteti hududida toʻgʻon oʻpirilishi natijasida maʼmuriy binolar va aholi uylari balchiq ostida qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada toʻgʻon oʻpirilishi sababli uch kunlik motam eʼlon qilindi