21:37 / 26.01.2019
3 929

Angliya banki Maduroning 1,2 mlrd dollarlik oltin yombilarni qaytarish talabini rad etdi

Angliya banki Maduroning 1,2 mlrd dollarlik oltin yombilarni qaytarish talabini rad etdi
Angliya banki 26 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumatining qiymati 1,2 milliard dollar boʻlgan oltin yombilarni mamlakatga qaytarish soʻralgan murojaatini qanoatlantirmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Markaziy bank AQSHning ayrim mulozimlari, xususan, milliy xavfsizlik boʻyicha prezident yordamchisi Jon Bolton va davlat kotibi Mayk Pompeoning Buyuk Britaniyaga yordam soʻrab yoʻllagan murojaatidan soʻng shunday qarorga kelgan. Unda “Venesuela rejimining xorijiy aktivlarga chiqish imkoniyatini toʻxtatish” soʻralgan.

Xabarda aytilishicha, oʻtgan yilning 7 noyabrida Angliya banki noqonuniy yoʻllar bilan oʻzlashtirishning oldini olish maqsadida Venesuelaga qiymati 420 funt sterling (deyarli 550 million dollar) boʻlgan oltin yombilarni qaytarishdan bosh tortgan. Britaniya rasmiylari Venesuela hukumatidan qimmatbaho metallardan qanday maqsadlarda foydalanmoqchi ekanligi haqida maʼlumot talab qilgan.

2018 yilning dekabr oyida Venesuelaning “Avvalo adolat” va “Xalq irodasi” nomli ikki muxolifat partiyasi Angliya bankidan Maduroning talabiga binoat oltinlarni qaytarmaslikni soʻragan. Ularning fikriga koʻra, oltinlardan muxolifatchilarni taʼqib qilishni tashkil qilish maqsadida foydalanishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliya banki Maduroning 1,2 mlrd dollarlik oltin yombilarni qaytarish talabini rad etdi