22:00 / 26.01.2019
3 839

Shveysariyada temiryoʻl kesishmasiga tushib qolgan mashinani poyezd urib ketdi

Shveysariyada temiryoʻl kesishmasiga tushib qolgan mashinani poyezd urib ketdi
Foto: Facebook/ Qultur.ch
Shveysariyadagi temiryoʻl kesishmasida uch nafar yoʻlovchisi boʻlgan mashinani poyezd urib ketdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Voqea Davos shahrida yuz bergan. Uch nafar yoʻlovchisi boʻlgan Volkswagen mashinasi muzlagan relsdan oʻtishga qiynalib, toʻxtab qolgan. Poyezd yaqinlashib qolgan vaqtda avtomatik barerlar yopilib, vaziyatni yanada qiyinlashtirgan.

Poyezd mashinani urib oʻtgan va toʻxtashidan avval bir necha metrga sudrab ketgan. Mashina ichida haydovchi va ikki nafar britaniyalik fuqarolar boʻlgan. Ular tirik qolgan va tibbiy yordam ham kerak boʻlmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shveysariyada temiryoʻl kesishmasiga tushib qolgan mashinani poyezd urib ketdi