Turkiya hukumati Ukraina elchixonasi murojaatiga ko‘ra turk sultoni Buyuk Sulaymonning rafiqasi Hurram sultonning Istanbuldagi maqbarasi oldidagi stenddan uning rus millatiga mansubligi haqidagi ma’lumotlarni olib tashladi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qildi.
“Sekin-asta tarixiy haqiqatni tiklamoqdamiz: Ukraina elchixonasining murojaatidan keyin turk tomoni Sulton I rafiqasi Roksolananing Istanbuldagi Sulaymoniya masjidi yonidagi maqbarasidan uning go‘yoki rossiyalik ekanligi haqidagi matnni o‘chirib tashladi”, deyilgan Ukraina elchixonasining tvitterdagi xabarida.
Поступово відновлюємо історичну правду: на звернення @UKRinTR турецька сторона вилучила текст напису про нібито російське походження дружини султана Сулеймана Першого Роксолани біля її усипальниці в мечеті Сулейманіє. pic.twitter.com/Fb4juWZkJ4
— Ukraine in Turkey (@UKRinTR) January 25, 2019
Ta’kidlanishicha, endilikda maqbarada “Sulton Sulaymon rafiqasi Hurram sulton (Roksolana), ukrainalik va sulton Salim [II]ning onasi” degan yozuvni ko‘rish mumkin.
Hurram sulton (1502/1505 - 1558) Usmon imperiyasi sultoni Buyuk Sulaymonning rafiqasi bo‘lgan. Uning haqiqiy ismi va kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi manbalarda u rus ildizlariga egaligi, boshqalarda esa u Rogatinadan (hozirda Ukrainaning Ivano-Frankovsk viloyati) ekanligi aytiladi. Hurram sulton sultonlikning siyosiy ishlarida muhim rol o‘ynagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi