18:10 / 28.01.2019
4 800

AQSh Suriyaga yana yuzlab harbiy jo‘natdi

AQSh Suriyaga yana yuzlab harbiy jo‘natdi
Pentagon jo‘natgan olti yuzga yaqin harbiy Suriyaga yetib keldi, deya xabar bermoqda “Azon.uz” nashri.

Ular Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishga ko‘maklashishi aytilmoqda. Pentagon Suriyaga qo‘shimcha kuchlar jo‘natilishini 24 yanvarda ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Donald Tramp 2018 yilning dekabrida Suriyadan AQSh qo‘shinlari olib chiqilishini e’lon qildi. Uning aytishicha, amerikaliklar Suriyaga IShIDga qarshi kurashish uchun kelgan edi, “IShID mag‘lub bo‘lganiga ko‘ra amerikalik harbiylarning uyga qaytish vaqti yetdi”.
AQShning Suriyadagi 18 ta harbiy bazasida 2 mingga yaqin harbiylari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Suriyaga yana yuzlab harbiy jo‘natdi