22:05 / 28.01.2019
9 511

Qozog‘istonlik kosmonavt o‘zga sayyoraliklarga to‘qnash kelgan ekan…

Qozog‘istonlik kosmonavt o‘zga sayyoraliklarga to‘qnash kelgan ekan…
Ayni kunda o‘zga sayyoraliklar kemasi, gumanoidlar haqida turlicha hikoyalarni aytishmoqda. Ular bilan favqulodda uchrashib qolganlar o‘sha qisqa vaqt davom etgan sarguzashtlari bilan o‘rtoqlashishmoqda. Qozog‘istonlik kosmonavt To‘xtar Abubakirov ham qatordan qolmabdi. U ham o‘zga sayyoraliklar mavjudligiga ishonadi, ularning fazo kemasi bilan shaxsan to‘qnash kelgan ekan.

— Men u paytlar o‘smir edim, — deydi To‘xtar Abubakirov. — Bir kuni tong yorishib-yorishmay turib uyg‘onib ketdim va ko‘chaga chiqdim. Osmon to‘la yulduz edi. Bir mahal yulduzlar orasidan bittasi pastlab keldi. Yaqinlashganda disksimonmi, tovoqsimonmi bir narsaga aylandi. Uning tevarak atrofidan rang-barang nurlar taralardi. Nima qilishni bilmay, uyga chopdim va to‘rt akamni uyg‘otib ko‘chaga olib chiqdim. Ular ham o‘sha kemani ko‘rishdi. Biz kema o‘zga sayyoraliklarga tegishli ekaniga sira shubha qilmadik.
Kelishib oldikki, bu haqda hech kimga og‘iz ochmaymiz. Chunki sobiq sovetlar davrida bu taxlit narsalar haqida gapirish taqiqlangan edi. Oradan yillar o‘tdi. To‘rt akam olamdan o‘tib ketdi. Umrlarining oxirigacha ular ham o‘zga sayyoraliklar kemasi haqida birovga churq etishmadi. Mening o‘zim ham bugungina siz azizlarga shu sirimni ochishga ahd qildim. Ammo yashirmayman. Kosmonavt sifatidagi faoliyatimni boshlaganimdan beri negadir o‘sha o‘zga sayyoraliklarning disksimon kemasiga sira ko‘zim tushmadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik kosmonavt o‘zga sayyoraliklarga to‘qnash kelgan ekan…