20:08 / 31.01.2019
3 736

Malayziyaning yangi qiroli bugun taxtga o‘tirdi

Malayziyaning yangi qiroli bugun taxtga o‘tirdi
31 yanvar kuni Malayziyaning yangi qiroli etib saylangan Paxang shtati hukmdori Tengku Abdulla taxtga o‘tirdi. Bu haqda «Hordiq» nashri xabar berdi.

Qirollik vakillari, hukumat a’zolaridan iborat 500 ga yaqin kishi tashrif buyurgan tantanali marosim Istana Negara saroyida bo‘lib o‘tgan.

Tengku Abdulla Hukmdorlar kengashi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan 24 yanvar kuni qirollikka saylangan. Qirol ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqisiz besh yil muddatga saylanadi. Nomzodlar 1957 yilda qirollik lavozimi tashkil etilganida birinchi marta tuzilgan ro‘yxat asosida aniqlanadi.

Tengku Abdulla o‘rta ma’lumotni Malayziyada olgan, keyin esa Sandxerstdagi Britaniya Qirollik harbiy akademiyasida o‘qishni davom ettirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u polo o‘yiniga qiziqqan. Ayni paytda u FIFA a’zosi hisoblanadi. Avval esa Malayziya Futbol assotsiatsiyasi rahbari bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malayziyaning yangi qiroli bugun taxtga o‘tirdi