13:26 / 03.02.2019
3 982

Hindistonda yo‘lovchi poyezdning 9 ta vagoni relslardan chiqib ketdi (foto)

Hindistonda yo‘lovchi poyezdning 9 ta vagoni relslardan chiqib ketdi (foto)
Hindistonning Bixor shtatida yo‘lovchi poyezdining relslardan chiqib ketishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohat olgan. Bu haqda Hindustan Times nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 3 fevral soat 03.58 da yuz bergan. Poyezdning 9 ta vagoni relslardan chiqib ketgan. Voqea vaqtida poyezd katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab yo‘lovchi poyezdlari qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda yo‘lovchi poyezdning 9 ta vagoni relslardan chiqib ketdi (foto)