15:32 / 03.02.2019
3 629

Tramp va Si Szinpin Vetnamda uchrashishi mumkin

Tramp va Si Szinpin Vetnamda uchrashishi mumkin
AQSh va Xitoy fevral oyi oxirida ikki davlat rahbarlarining Vetnamda uchrashuv o‘tkazishlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi South China Morning Post gazetasiga iqtibos keltirgan holda Kun.uz.

Nashrning ma’lum qilishicha, XXR raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp 27-28 fevral kunlari Danang shahrida savdo masalalarini muhokama qilish uchun uchrashishadi.

Avvalroq WSJ gazetasi Xitoy delegatsiyasi Vashingtonda bo‘lib o‘tgan savdo muzokaralarida fevralda Xaynan viloyatida Tramp va Si Szinpin uchrashuvini o‘tkazish taklifi bilan chiqqanini xabar qilgandi.

Xitoy va AQSh o‘tgan yili qator mahsulotlarga boj to‘lovlari oshirilishi bo‘yicha bir necha bor muzokara o‘tkazgandi. Dekabr oyida esa ikki davlat rahbarlari savdo urushida "sulh" tuzilishiga kelishib olishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Si Szinpin Vetnamda uchrashishi mumkin