19:20 / 03.02.2019
5 340

Germaniyada ikkinchi Konor Makgregor paydo bo‘ldi

Germaniyada ikkinchi Konor Makgregor paydo bo‘ldi
Germaniyada yangi Konor Makgregor paydo bo‘ldi. Aralash yakkakurashlarda qatnashuvchi nemis Moris Adorf MMA yulduzi bo‘lishga qaror qildi. U UFC sobiq chempionining tashqi ko‘rinishi va ayrim harakatlaridan nusxa ko‘chirdi.

Adorf Makgregorga o‘xshash uchun soch turmagini o‘zgartirdi va soqol o‘stirdi. Bundan tashqari, ko‘ksiga irlandiyalik jangchidagi singari tatuirovka chizdirdi.

Adorf oktagonda xuddi Konor singari harakat qiladi.
Xabar qilinishicha, GMC 18 turnirida Makgregorning germaniyalik qiyofadoshi faoliyatidagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada ikkinchi Konor Makgregor paydo bo‘ldi