09:16 / 04.02.2019
5 139

Venesuela TIV Trampning bayonotiga javob qaytardi, Maduro Guaydoga chaqiriq bilan chiqdi

Venesuela TIV Trampning bayonotiga javob qaytardi, Maduro Guaydoga chaqiriq bilan chiqdi
Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa AQSh prezidenti Donald Trampning respublikadagi vaziyatga ehtimoliy harbiy aralashuv haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp tomonidan berilgan bayonot Venesueladagi davlat to‘ntarishiga urinish ortida AQSh turganini anglatadi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Venesuela muxolifati AQSh nazorati ostidadir. Arreasning ta’kidlashicha, AQShning «bostirib kirishi» BMT nizomi buzilishi hisoblanadi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro esa mamlakat muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni respublikaga zarar yetkazmaslikka chaqirdi. Bu haqda La Sexta xabar tarqatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Guaydo «nima qilayotgani to‘g‘risida» o‘ylab ko‘rishi kerak. Uning qo‘shimcha qilishicha, Guaydo o‘zining hozirgi strategiyasidan voz kechishi kerak. Maduro Venesuelada «faqat bir prezident» borligini ta’kidlab o‘tdi.

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo venesuelalik harbiylar tomonidan katta qo‘llab-quvvatlov taqdim etilishiga umid qilmoqda. Bu haqda Antena3 xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela muxolifatini mamlakat armiyasi tomonidan katta yordam kutmoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Venesuela harbiylari «konstitutsiya tarafida» qolishi lozim. Guaydoning umid qilishicha, Venesuela armiyasi yaqin vaqt ichida uni qo‘llab-quvvatlaydi. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hamda Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo telefon orqali muloqot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda TASS.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Venesuelaga xalqaro yordam masalalarini muhokama qilishgan. Ta’kidlanishicha, Tryudo va Guaydo Venesuelada saylovlar o‘tkazish muhimligini alohida qayd etganlar. Kolumbiya yetakchisi Ivan Duke esa AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Caracol xabar berdi.

Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, yetakchilar fevral oyi o‘rtalarida uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Qayd etilishicha, Duke Tramp bilan Venesueladagi vaziyatni muhokama qilishni xohlayapti. Shu bilan birga, Duke va Trampning muzokaralari Oq uyda bo‘lib o‘tishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuela TIV Trampning bayonotiga javob qaytardi, Maduro Guaydoga chaqiriq bilan chiqdi