07:27 / 05.02.2019
5 223

Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ma’lum qilindi

Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ma’lum qilindi
“Sezar-Satellit” kompaniyasi 2018 yilda Rossiyada o‘g‘irlangan va qidiruvga berilgan avtomobillar haqidagi statistikani yangiladi. Ularga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiyada Hyundai Solaris mashinalari o‘g‘rilar nishoniga aylanish borasida yetakchilik qilgan. Bu modeldagi avtomobillardan 1249 tasi o‘g‘irlab ketilgan. Antireytingning 2-o‘rnini Kia Rio (969 ta), 3-o‘rnini VAZ 2107 (730 ta) egallagan. Yuqori beshtalikka Toyota Camry (669 ta) va Ford Focus (457 ta) kirgan. Keyingi o‘rinlarda Renault Logan, Nissan Almera, Volkswagen Polo, Daewoo Nexia va Mazda CX-5 kelmoqda.

O‘tgan yil umumiy hisobda Rossiyada 26819 ta mashina qidiruvga berilgan. Yagona quvonarli jihati, bunday jinoyatlar 2017 yilgiga nisbatan 21 foizga (6939 ta mashina) kamaygan.

Shu bilan birga, 2018 yilda o‘g‘rilar e’tiborlarini mototsikllarga ko‘proq qarata boshlashgan. O‘tgan yil o‘g‘irlangan “bayklar” 1187 donani tashkil qilgan.

Premium-sinfdagi avtomobillar orasida Mercedes-Benz (597 dona), BMW (539), Lexus (466), Audi (261) va Land Rover (237) eng ko‘p o‘g‘irlangan. Keyingi o‘rinlarda Infiniti, Porsche, Jaguar, Rolls Roys va Bentley kelmoqda.

Eng ko‘p o‘g‘irlangan markalar bo‘yicha “AvtoVAZ” mashinalari yetakchilik qilmoqda (5693 dona). Keyingi o‘rinlarni Toyota (2746 dona), Hyundai (1905), Kia (1864) avtomobillari va turli markadagi mototexnika egallagan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ma’lum qilindi