12:52 / 05.02.2019
5 199

Xitoylik yigit tanishishdan oldin o‘z sevgilisi hayotini saqlab qolgan edi

Xitoylik yigit tanishishdan oldin o‘z sevgilisi hayotini saqlab qolgan edi
Foto: Metro
Xitoylik yigit notanish qizni qutqarish uchun donorlik qonini topshirdi va bir necha yil o‘tgach o‘sha qiz bilan uchrashishni boshladi, deb yozadi Daryo.
2008 yilda Tayvanda yashovchi Lin Syaofen jiddiy avtohalokatga uchraydi. Uning hayotini saqlab qolish uchun besh litr atrofida qon quyish va trombotsidli konsentrat kerak bo‘ladi.

Qiz tirik qoladi, biroq unda koagulopatiya — qon quyilishi buzilishi rivojlanadi. Shu sababli vaqti-vaqti bilan qon quyib turish talab etilgan. 2011 yilda u yana kasalxonaga yotqiziladi va faqat donor qon uning hayotini saqlab qoladi.

2017 yilda qiz boshqa shaharga ko‘chib ketadi va doimiy donorlik qiluvchi Lyan Chjichen bilan tanishib qoladi. Yoshlar uchrashishni boshlaydi va ular o‘rtasida «qandaydir bog‘liqlik» borligini his qilishadi.
Bir kuni Lin yigitga boshidan o‘tkazganlarini gapirib beradi. Yigit ham 2011 yilda qon topshirganini aytadi va balki men hayotingni saqlab qolgandirman deb hazillashadi.

Yigit kasalxonaga borib uning donorlik qoni kimga quyilganini aniqlaydi va haqiqatan ham qon shu qizga quyilgani ma’lum bo‘ladi.
Hayratlangan yigit barchani qon topshirishga chaqirib, «Balki sizda ham bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingizni hayotini saqlab qolish imkoniyati paydo bo‘lar», deydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik yigit tanishishdan oldin o‘z sevgilisi hayotini saqlab qolgan edi