23:23 / 06.02.2019
4 214

Trampning Floridada o‘tkazgan ta’tilining dastlabki oylari 14 mln dollarga tushdi

Trampning Floridada o‘tkazgan ta’tilining dastlabki oylari 14 mln dollarga tushdi
6 fevral kuni AQSh hisob palatasi mamlakat administratsiyasi xarajatlari haqidagi ma’lumotni taqdim etdi, deb xabar berdi «Daryo» TASSga tayanib.

Unga ko‘ra, Donald Trampning Florida shtatidagi o‘zining Mar-a-Lago pomestyasiga uyushtirgan to‘rtta safarining dastlabki uch oyi amerikalik soliqchilarga 14 million dollarga tushgan.

Ushbu summaning 10,6 million dollari prezident xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatilgan. Yana 3 million dollar esa safarda prezidentga hamrohlik qilgan administratsiya xodimining turar joy va boshqa xarajatlariga sarflangan.

Oq uy hozircha bunday sarf xarajatlarga hech qanday izoh bermagan. Biroq, avvalroq administratsiya vakillari Tramp dam olish vaqtida ham ishlashini ko‘p marta ta’kidlagan.

«Prezident qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar prezidentligicha qoladi. Uning xavfsizligini nazorat qilishga ketadigan xarajatlar uning tashvishi emas», — deb bu holatga izoh bergan Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders.

Bundan tashqari, Trampning siyosiy muxoliflari, uning prezident bo‘lganidan keyin ko‘p vaqtini o‘ziga tegishli pomestelar va golf klublarida o‘tkazishini tanqid qilgan. Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasida «bajariladigan ishlar ko‘pligi» sababli Oq Uyni kamdan-kam tark etishga va’da bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning Floridada o‘tkazgan ta’tilining dastlabki oylari 14 mln dollarga tushdi