Buyuk Britaniyada hali tug‘ilmagan bola operatsiya o‘tkazish uchun ona qornidan olinib, yana joyiga qaytarib qo‘yildi. Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.
Aprelda ko‘zi yorishi kerak bo‘lgan Betan Simpson ismli ayol shifokor ko‘rigidan o‘tganda, ultratovush tashxisi homilada ba’zi og‘ishlar borligini ko‘rsatgan. Homiladorlikning 5-oyida bo‘lgan ayol batafsil ko‘rikdan o‘tish uchun Esseks grafligidagi shifoxonaga jo‘natilgan. Bu yerda shifokorlar homilada umurtqa titilishi – homilaning ona bachadonida orqa miyasi to‘laqonli rivojlanmaydigan nuqsonni aniqlashgan.
“Bizga homiladorlikning borishiga aralashmaslik, uni to‘xtatish yoki yangi opsiya – qizchaning tug‘ilishigacha operatsiya o‘tkazishni taklif qilishdi. Biz operatsiyaga rozi bo‘ldik”, deb aytmoqda ayol. Buning uchun bir qator tahlil va sinovlar o‘tkazilib, homila va ona holati batafsil tekshirilgan.
Ayol homiladorlikning 6-oyida operatsiya qilingan. Simpson Britaniyada bunday davolanish olgan 4-ayol bo‘ldi. Jarrohlar homilani ona qornidan olib, orqa miyasini tiklab, uni yana ona qorniga qaytarib qo‘yishgan.
Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. “Afsuski, Angliyada 80 foiz bolalar ota-onalari kasallikdan xabar topishgandan keyin nobud bo‘ladilar”, deb aytgan ayol. U bo‘lg‘usi onalarni bunday tashxisdan qo‘rqmaslikka chaqirgan, chunki uning fikricha, davolash uslublari hozirda ancha takomillashgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring