07:26 / 13.02.2019
9 396

Turkiyada jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar qutqarildi

Turkiyada jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida politsiya xodimlari tomonidan jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar qutqarildi. Bu haqda Haberler turk nashri xabar qildi, deb yozadi Sputnik.

Xabarda aytilishicha, politsiya xodimlari katta tezkor operatsiya o‘tkazgan. Tadbir davomida O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan jinoiy guruh aniqlandi.

Tezkor operatsiya bir vaqtning o‘zida shaharning 7 ta yirik tumanida o‘tkazildi. Politsiya 30 dan ortiq fohishalik xizmatlari ko‘rsatilayotgan uyni aniqladi.

«Tezkor tadbir natijasida 85 nafar ayol aniqlandi, ulardan 35 nafari Qirg‘iziston fuqarosi, qolganlari — o‘zbekistonliklar. Jinoiy guruh a’zolari internet orqali ayollar bilan tanishib, ishqiy yozishmani yo‘lga qo‘ygan. Keyinchalik turmushga chiqish bahonasi bilan ularni Turkiyaga taklif qilishgan. Kelgan ayollar fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlangan», — deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda ayollarni o‘z vataniga deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar qutqarildi