17:55 / 14.02.2019
4 313

AQShning sobiq kontrrazvedka xodimi Eron foydasiga josuslik qilganlikda ayblandi

AQShning sobiq kontrrazvedka xodimi Eron foydasiga josuslik qilganlikda ayblandi
Foto: Ukrainform
AQSh kontrrazvedkasi sobiq xodimi Monika Uitt AQShning milliy mudofaasi haqidagi ma’lumotlarni Eron hukumati vakillariga yetkazishda ayblanmoqda, deya xabar beradi «Daryo» nashri.

AQSh adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Uitt Eron maxsus xizmatiga AQSh razvedkasiga qarshi operatsiyalarda yordam bergan.
Uitt Eron rasmiylariga maxfiy razvedka ma’lumotlarini yetkazib berish, shuningdek, Amerika razvedka xizmati xodimining shaxsini ochganlikda ayblanmoqda.

13 fevral kuni AQSh Eronning to‘rt nafar fuqarosiga ham kiberjinoyat sodir etishga urinish ayblovini qo‘ygan.
Qo‘shma Shtatlar ayni damda ozodlikda bo‘lgan Uittni hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan. 2013 yilda Uitt Eronga qochib ketgan edi.

Uitt 1997—2008 yillarda AQSh havo kuchlarining razvedka xizmati va Havo kuchlari maxsus tadqiqotlar bo‘limi xodimi, keyin esa 2010 yilgacha Pentagonga pudratchi sifatida ishlagan. O‘z faoliyati davomida Uitt maxfiy ma’lumotlarga kirishga muvaffaq bo‘lgan va maxfiy razvedka amaliyotlari uchun chet elga jo‘natilgan.

2012 yilning fevral oyida Uitt Eronga «New Horizon Organization» tomonidan tashkil etilgan konferensiyaga borgan. Keyin Uitt Eronning Amerika fuqarosi bo‘lgan shaxs bilan bog‘lanib, 2013 yilda Eronga qaytgan. Shundan so‘ng, Eron hukumati Uittga kompyuter uskunalari va turar joy ajratib bergan.

Natijada, Uitt Eron rasmiylariga maxfiy ma’lumotlar yetkazib turgan.
Shularni inobatga olib AQSh Moliya vazirligi Erondagi ikkita kompaniya va ularga aloqador to‘qqiz kishini Eron bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga kirganini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning sobiq kontrrazvedka xodimi Eron foydasiga josuslik qilganlikda ayblandi