23:10 / 14.02.2019
3 081

Darig‘a Nazarboyeva: «An’anaviy OAV yo‘q bo‘lib ketmoqda, bundan internet foyda ko‘rmoqda»

Darig‘a Nazarboyeva: «An’anaviy OAV yo‘q bo‘lib ketmoqda, bundan internet foyda ko‘rmoqda»
Darig‘a Nazarboyeva ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiya qilish qoidalariga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartishlar haqida o‘z fikrini aytdi. Avvalroq, tegishli buyruq loyihasi Qozog‘iston Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi saytida paydo bo‘ldi. O‘zgartishlarga ko‘ra, reglament va tartibni buzgan jurnalistlar akkreditatsiyadan mahrum etilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Nazarboyevaning ta’kidlashicha, qonun loyihasi keng muhokamaga taqdim etilishi kerak. Deputatning fikricha, jurnalistlar hamjamiyati bunday masalalarda passivdir.

Uning jurnalistlarga xabar berishicha, tegishli o‘zgartirishlarga ega hujjatni ko‘rmagan, lekin uni o‘rganib chiqish hamda Axborot va kommunikatsiyalar vazirligida muhokama qilishni, shuningdek, kelgusi hafta ushbu masala bo‘yicha javob taqdim etishni va’da qildi.

Darig‘a Nazarboyevaning fikricha, soha yuqori darajada tartibga solinadi, bu an’anaviy ommaviy axborot vositalarining yo‘qolishiga olib kelmoqda, bundan esa internet foyda olmoqda.
Deputatning ma’lum qilishicha, jurnalistlar muqobil qonun loyihasini ishlab chiqishlari va uni taklif qilishlari kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Darig‘a Nazarboyeva: «An’anaviy OAV yo‘q bo‘lib ketmoqda, bundan internet foyda ko‘rmoqda»
[/banner_pushhouse