10:10 / 15.02.2019
5 608

Ostonada politsiya xodimlari mushtlashib ketishdi (video)

Ostonada politsiya xodimlari mushtlashib ketishdi (video)
Mushtlashuvda ishtirok etgan besh nafar politsiya xodimlari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Ostona politsiya departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Politsiya xodimlari o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv video internetda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.
“Tekshiruv natijasi bo‘yicha yo‘l-patrul politsiya rota komandiri egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yo‘l-patrul politsiya rahbariyati qattiq intizomiy jazoga tortildi. Mushtlashuv besh nafar ishtirokchisi: ikki nafar uchastka politsiya inspektorlari va uch nafar yo‘l-patrul politsiya xodimlari ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi”, - deb ma’lum qilishdi departament vakillari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonada politsiya xodimlari mushtlashib ketishdi (video)