23:24 / 17.02.2019
6 134

Asad Erdo‘g‘anni “Amerikaning malayi” deb atadi

Asad Erdo‘g‘anni “Amerikaning malayi” deb atadi
Suriya prezidenti Bashar Asadning aytishicha, Suriya konstitutsiyaviy komissiyasining muxolifatdan ikkinchi qismi Suriya xalqini emas, balki Turkiya nuqtai nazarini bildiradi.
Suriyada konstitutsiyaviy komissiyasi tashkil etish qarori 2018 yil yanvarda Sochida o‘tgan Suriya milliy muloqot kongressida qabul qilingandi.

Asadning aytishicha, Suriya hukumatining komissiyadagi vakillari Suriya davlati va Suriya xalqining katta qismi fikrini bildiradi.
“Boshqa bir tomon bo‘lib, u mantiqan Suriya xalqining davlat nuqtai nazariga norozi bo‘lgan ikkinchi qismini taqdim qilishi kerak. Biroq, bizga ma’lumki, bu tomon Suriya tomonini ham, o‘zini ham bildirmaydi, u turk davlatini bildiradi. Savol: biz bu komissiyada Suriya konstitutsiyasini muhokama qilmoqdamizmi yoki Turkiyanikimi?”, deb aytgan Asad mahalliy munitsipal kengashlar rahbarlari oldidagi nutqida.

Asadning ta’kidlashicha, Jenevada 2012 yilda Suriya bo‘yicha boshlangan siyosiy jarayon Suriyaga qarshi davlatlar sababli hech narsaga erishmagan. “Bizga qarshi davlatlar istalgan jarayonga, u jiddiy bo‘lsa ham, qat’iyan xalaqit bermoqdalar, misol uchun ijobiy va muvaffaqiyatli bo‘lgan Sochi va Ostonadagi jarayonlarga”, deb ta’kidlab o‘tgan Asad.

Asad ushbu nutqida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni “Amerikaning mayda malayi” deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Asad Erdo‘g‘anni “Amerikaning malayi” deb atadi