10:39 / 19.02.2019
5 672

AQShdagi poygada 18 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)

AQShdagi poygada 18 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)
AQShda Monster Energy NASCAR Cup - Daytona 500 seriyasiga kiruvchi poygada 18 ta mashina to‘qnashib ketdi. Ushbu ommaviy to‘qnashuv videosi 17 fevralda NASCAR poygasining tvitterdagi sahifasida joylashtirilgan.

Mashinalar bir-biriga zich ketayotganda, ulardan ikkitasi to‘qnashib ketgan. Shundan keyin trekda ommaviy to‘qnashuv kelib chiqqan – umumiy hisobda 18 ta mashina o‘zaro urilib ketgan.

Ko‘plab to‘qnashuvlar oqibatida trassada uchqunlar va tutun hosil bo‘lgan.
Poygachilardan hech kim jabrlanmagan. Poyga ma’lum vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShdagi poygada 18 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)