09:01 / 20.02.2019
5 136

Rossiyalik xakerlar eng tezkor ekanligi aniq bo‘ldi

Rossiyalik xakerlar eng tezkor ekanligi aniq bo‘ldi
Rus tilida so‘zlashuvchi xakerlar Xitoy, Shimoliy Koreya va eronlik hamkasblaridan sakkiz marta tezkor ekanligi aniqlandi. Bu haqda NBC News'ga tayanib, Daryo xabar bermoqda.

Mutaxassislar mashhur hujumlarni tahlil qildi va xakerlik guruhlarini vaqt bo‘yicha tizimlashtirdi. Bunda jinoyatchilar buzib ochilgan tizimlarga kirishi va ma’lumotlarni o‘g‘irlashni boshlashi uchun sarflangan vaqt oralig‘i inobatga olindi.

Tezkorlik bo‘yicha rus tilida so‘zlashuvchi xakerlarga yaqinroq natijani Shimoliy koreyalik xakerlar ko‘rsatgan. Xitoylik xakerlar, o‘z navbatida, yetakchilardan ikki karra sekinroq bo‘lib chiqdi.
Kompaniya, shuningdek, 2018 yilda siyosiy sabablarga ko‘ra faoliyat yurituvchi xakerlar faolligi oshganligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik xakerlar eng tezkor ekanligi aniq bo‘ldi