06:02 / 21.02.2019
4 512

Razvedka boshlig‘iga Trampning tishi o‘tarmikan?

Razvedka boshlig‘iga Trampning tishi o‘tarmikan?
Foto: «Fokus»
Ikki yildan beri Milliy razvedkani boshqarayotgan Deniyel Kouts prezident Donald Trampning hafsalasini pir qildi. Oq uydagi gap-so‘zlarga ko‘ra, bu ketishda Milliy razvedka direktori uzoqqa bormaydi.

Deniyel Kouts. Foto: KP
Nufuzli nashr — «The Wall Street Journal» o‘z manbalariga asoslanib ta’kidlaydiki, Trampga Koutsning ishlari hech qachon yoqmagan. Ayniqsa, Koutsning mamlakat milliy xavfsizligiga tahdidlar mavzusida AQSh Kongressida qilgan chiqishi Trampning sabr kosasini to‘ldirib, g‘azabini qo‘zg‘adi.
Kouts deydiki, Shimoliy Koreya Vashington bilan o‘rtadagi kelishuvni bajarmayapti. Holbuki, bu kelishuvni Tramp o‘z siyosiy yurishidagi eng ulkan g‘alabalardan biri sanaydi.
Shimoliy Koreyani ayblashdan tashqari, razvedka boshlig‘i Vashington boshi uzra g‘ujg‘on o‘ynayotgan global va mintaqaviy tahdidlarni sanab o‘tdi. Koutsning «Amerika dushmanlari» ro‘yxatida Eron, Rossiya va... Shimoliy Koreya bor. Rossiyaning yadroviy qudrati takomillashayotganiyu, kiberoperatsiyalari ko‘lami oshib borayotgani razvedka boshlig‘ini tashvishga solmoqda.

Tramp ushbu ma’ruzadan so‘ng amerikalik razvedkachilarni sustlikda va go‘llikda aybladi.
Nashr manbalariga ko‘ra, razvedka boshlig‘iga hali-veri Trampning tishi o‘tadiganga o‘xshamaydi, biroq bu prezident o‘z «almashtirish rejasi»ni bekor qilishini anglatmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Razvedka boshlig‘iga Trampning tishi o‘tarmikan?