13:57 / 21.02.2019
8 352

Rossiyada yana bir milliarder ayol paydo bo‘ldi

Rossiyada yana bir milliarder ayol paydo bo‘ldi
Wildberries internet-do‘koni asoschilaridan biri va yagona egasi Tatyana Bakalchuk Rossiyada boyligi bir milliard dollardan ortiq bo‘lgan ikkinchi ayolga aylandi. Bu haqda Forbes jurnali xabar bermoqda.

Forbes nashr tomonidan tayyorlangan, Rossiya internetidagi eng qimmat kompaniyalar reytingida Wildberries to‘rtinchi o‘rinni egallaganidan keyin Bakalchukning boyligini yangicha baholadi. Rossiyadagi eng yirik internet-do‘kon 1,2 milliard dollarga baholandi.

2018 yilda Tatyana Bakalchuk 600 million dollar bilan Forbes’ning Rossiyadagi eng boy odamlar reytingiga birinchi marta kiritilgandi.

Bundan oldin, jurnalga ko‘ra, Rossiyadagi yagona milliarder ayol Inteco Management rahbari hamda Moskva sobiq merining rafiqasi Yelena Baturina bo‘lgan. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, uning boyligi 1,2 milliard dollarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada yana bir milliarder ayol paydo bo‘ldi