09:23 / 23.02.2019
4 954

Serxio Ramos "Audi​"ning eng qimmat avtomobilini tanladi (foto)

Serxio Ramos "Audi​"ning eng qimmat avtomobilini tanladi (foto)
Madridning “Real” klubi homiysi bo‘lgan Audi kompaniyasi bir necha yildan buyon klub a’zolariga so‘nggi modeldagi avtomobillarini taqdim etib keladi.
An’anaga muvofiq bu yil ham “qirollik klubi” o‘yinchilari va bosh murabbiy Santyago Solari kompaniyaning o‘ziga yoqqan modeldagi avtolarni tanlab olishdi.
Jamoa sardori Serxio Ramos Real avtoparkidagi eng qimmat avtomobil egasiga aylandi. U tanlangan Audi A8 50 TDI markali avtoning narxi 100 ming yevroni tashkil qiladi va mazkur klassdagi modellar orasida eng yaxshisi hisoblanadi.
Shuningdek, “Real”ning 12 nafar futbolchisi va Solari qiymati 87.950 yevro turuvchi qora-kulrang tusdagi Audi Q8 modelini ma’qul ko‘rishdi.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serxio Ramos "Audi​"ning eng qimmat avtomobilini tanladi (foto)