18:20 / 23.02.2019
7 524

O‘g‘ri kelib-kelib boks bo‘yicha chempion qizga tashlandi va bundan qattiq afsus chekdi...

O‘g‘ri kelib-kelib boks bo‘yicha chempion qizga tashlandi va bundan qattiq afsus chekdi...
Avtomobillar sotuvchisi bo‘lgan 31 yoshli Rut da Silva avtoturargohga qo‘ygan mashinasiga endi o‘tirayotganida unga bir o‘g‘ri tashlanib qoldi. Erkak mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tirib, qizning sochlarini changalladi va otib tashlashini aytib tahdid qildi. Bosqinchi undan hamyon, telefon va mashinaning kalitini berishni talab qildi.

Da Silva dastlab tavakkal qilib o‘tirmay, o‘g‘rining aytganini qilmoqchi bo‘ldi. Biroq orqani ko‘rsatadigan oyna orqali erkakning qo‘llarida pistolet yo‘qligini ko‘rib qoldi. Shundan so‘ng boks bo‘yicha chempion qiz o‘zining bo‘g‘uvchi uslubini qo‘llab, bosqinchini qo‘lga oldi.
Darhol voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar jinoyatchini qo‘lga olishdi. Aniqlanishicha, u avval ayol kishini zo‘rlagani uchun qamoqqa olingan ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘g‘ri kelib-kelib boks bo‘yicha chempion qizga tashlandi va bundan qattiq afsus chekdi...