22:02 / 23.02.2019
11 567

Narigi dunyodan kelgan odam...

Narigi dunyodan kelgan odam...
1954 yili Yaponiyaning Tokio aeroportida bojxonachilar g‘alati bir yo‘lovchiga to‘qnash kelishdi. U hujjat bo‘yicha ham, tashqi ko‘rinishi jihatidan ham oddiy yevropalik edi. Biroq pasporti qandaydir Tord respublikasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.
Bojxonachilar hech qachon bunday davlat haqida eshitishmagandi. Yer yuzida Tord degan davlat bo‘lishiga ishonishmasdi ham. Yo‘lovchini ichkariga olib kirib, dunyo xaritasidan Tord davlatini ko‘rsatishni so‘rashdi. Yo‘lovchi erkak esa sira o‘ylab o‘tirmay, Andorrani ko‘rsatdi. Bundan tashqari, yonidagi haydovchilik guvohnomasi, to‘lov plastik kartochkasi ham Tord davlatiga tegishli bo‘lib chiqdi.

Yo‘lovchini to masalaga oydinlik kiritilguncha nufuzli otellardan biriga joylashtirishdi. Qo‘riqchi tayin etishdi. Biroq ertasi kuni ertalab nomerga kirishganda, yo‘lovchidan asar ham yo‘q edi. U izsiz g‘oyib bo‘lgandi. O‘sha-o‘sha Tord davlatidan kelgan bu yo‘lovchini hech kim ko‘rmadi, u to‘g‘risida eshitmadi ham. Yaponlar uni «Imkoniyatlar so‘rovnomasi» kitobiga kiritishdi. Olimlar esa hanuz bir gapni takrorlashadi. Tord davlatidan kelgan o‘sha yo‘lovchi aslida narigi dunyoning vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Narigi dunyodan kelgan odam...