10:10 / 25.02.2019
7 837

Braziliyadagi o‘rmon o‘rtasida topilgan o‘lik kit olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)

Braziliyadagi o‘rmon o‘rtasida topilgan o‘lik kit olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)
Braziliyadagi o‘rmonlardan birida o‘lik holdagi bukri kit topildi. Bu haqda Kun.uz nashri LiveLeak portaliga tayanib xabar berdi.

Voqea Para shtatining Marajo oroli sohilbo‘yining o‘rmon hududida yuz bergan. Mahalliy sog‘liqni saqlash, sanitariya va atrof-muhit departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, kit o‘lik holda topilgan. Uning uzunligi 11 metrni, eni 6 metrni tashkil qilgan.

Boshqarmada yashash muhiti okean bo‘lgan kit suvdan bunchalik uzoqda topilganini aniqlashi kerak bo‘ladigan maxsus guruh tashkil etildi. Biologlar jonzotning o‘limi sabablarini hozircha aytisha olmayapti.

“Kitning ichi yorib ko‘rilmoqchi. Bir qarashda unda hech qanday jarohatlar yo‘q. Shu sababli kitning o‘limiga nima sabab bo‘lganini tushunmog‘imiz lozim”, deb vaziyatga izoh bergan departament vakili Keti Silva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyadagi o‘rmon o‘rtasida topilgan o‘lik kit olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)