13:12 / 27.02.2019
4 106

Litvada ovchi bilmasdan yosh bolani otib qo‘ydi

Litvada ovchi bilmasdan yosh bolani otib qo‘ydi
Litvaning Pakruoys tumanida ovchi o‘zi bilmagan holda qunduzga o‘q uzaman deb, o‘n bir yoshli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini otib qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Daryo" xabar berdi.
Bola kasalxonaga yotqizilib, operatsiya qilingan. Hozirda u tezkor davolash bo‘limiga o‘tkazilgan.

Qishloq chekkasida joylashgan mahalliy mehribonlik uyida bir kun avval kechki payt o‘q ovozi eshitilgan. Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, otishma binoning tashqarisida sodir bo‘lgan.
Ertasi kuni tongda mahalliy aholidan ikki kishi politsiyaga murojaat qilgan. Kishilar qunduz ovlamoqchi bo‘lganini aytgan. Huquqni muhofaza qilish organlarining aniqlashicha, o‘qlardan biri uyning devorini teshib o‘tgan va bolaga tekkan.

Politsiyaning aytishicha, ovchilik qoidalari buzilgan, ya’ni ovchilar turar joy binosiga juda ham yaqin joyda ov qilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari o‘q kimning qurolidan chiqqaniga oydinlik kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litvada ovchi bilmasdan yosh bolani otib qo‘ydi