20:36 / 27.02.2019
4 506

Xanoyda AQSh va KXDR sammiti boshlandi (foto)

Xanoyda AQSh va KXDR sammiti boshlandi (foto)
Vetnam poytaxti Xanoy shahrida AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In ishtirokida ikki kunlik ikkinchi AQSh-KXDR sammiti boshlandi. Bu sammit o‘tgan yilning iyunida Singapurda o‘tkazilgan birinchi sammitning mantiqiy davomi bo‘lib, ikki davlat munosabatlari normallashuvi va Koreya yarimorolida yadrodan xoli bo‘lish jarayoni ifodasi bo‘ladi deb yozadi Kun.uz nashri.

Bir-biriga tabassum bilan yuzlangan siyosatchilar uchrashuvni samimiy qo‘l siqishish bilan boshlashdi. Tramp shimoliy koreyaliklar yetakchisining yelkasiga qoqib qo‘ydi.

«Menimcha, sammit juda muvaffaqiyatli kechadi», dedi u jurnalistning savoliga javob berar ekan.
«Bizning muloqotimiz qiziqarli bo‘ladi», degan Kim.

Trampdan «Sammit yakunida Koreya urushi yakunlangani haqida rasman e’lon qilinadimi?», deya so‘rashganida u shunday javob qaytardi: «Ko‘ramiz».
AQSh prezidenti Shimoliy Koreyaning iqtisodiy istiqbolini yuqori baholagan.

«Taxminimcha, sizning mamlakatingiz ulkan, chegarasiz, ajoyib iqtisodiy imkoniyatlarga ega. Men hisoblaymanki, sizning mamlakatingizni zo‘r kelajak kutmoqda, siz buyuk rahbar bo‘lib qolasiz», degan u suhbatdoshiga qarata.
«Vetnam yer yuzidagi boshqa ko‘plab davlatlar qatori farovon o‘lka. Shimoliy Koreya ham agar yadroviylashishdan voz kechsa, shunday farovon bo‘ladi.

Imkoniyatlar ulkan, buning muqobili yo‘q. Do‘stim Kim Chen In uchun barchasi yaxshi bo‘ladi. Biz barchasini juda tez vaqt ichida bilib olamiz. Juda qiziq bo‘ladi», degan amerikalik prezident.
U payshanba kuni katta matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Uchrashuv Xanoydagi Metropole mehmonxonasida tashkil etildi. Trampga Vetnamda Oq uy ma’muriyati rahbari Mik Malvini hamda AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo hamrohlik qilmoqda.

Birinchi uchrashuvdan keyin siyosatchilar kechki ovqatni birga qilishdi.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xanoyda AQSh va KXDR sammiti boshlandi (foto)