Venesuela parlamenti muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoning 5 kun davomida xorijda qolishga ruxsat berishi iltimosini ma’qulladi. Guaydoning parlamentga maktubi va qabul qilingan qarorni parlament yig‘ilishida kotib o‘qib berdi.
Maktubda Guaydo unga mamlakat tashqarisida 23 fevraldan boshlab 5 kun qolishni so‘raydi. Biroq maktubdan Guaydo 5 kundan keyin Venesuelaga qanday yo‘l bilan qaytishi aniq emas. Guaydo so‘ragan 5 kunlik muhlat 28 fevralda tugaydi.
Avvalroq Guaydo joriy haftada Braziliyaga tashrif buyurmoqchiligi ma’lum qilindi. Nacional nashrining ma’lum qilishicha, siyosatchining Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Guaydo Venesuelani tark etishi taqiqlanganiga qaramay 22 fevralda Kolumbiyaning chegaradagi Kukuta shahriga kelgan. 25 fevralda Lima guruhi yig‘ilishida ishtirok etgandan keyin joriy haftada Venesuelaga qaytishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»