14:04 / 28.02.2019
4 100

Kiyev aeroportida chegarachiga pora berishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Kiyev aeroportida chegarachiga pora berishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Foto: «Novosti Uzbekistana»
2019 yilning 26 fevral kuni Kiyevning Julyani aeroportida Minsk reysi bilan uchib kelgan o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi, deb yozadi «Novosti Uzbekistana».

Fuqaroning ma’lumotlari tekshirilgach Ukraina davlat chegara xizmati tomonidan uning chegaradan o‘tishini rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Mazkur holatda fuqaro N. vaziyatni o‘z foydasiga hal qilish maqsadida Ukraina davlat chegara xizmati vakiliga 500 dollar pora berishga uringan. Shundan so‘ng u Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev aeroportida chegarachiga pora berishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi