15:51 / 01.03.2019
5 903

Sadaf oroli yer yuzidan yo‘qoldi

Sadaf oroli yer yuzidan yo‘qoldi
O‘tgan yoz mavsumida, Shimoliy flotning gidrografchilari Frans Iosif Yer arxipelagining bir qismi bo‘lgan Sadaf orolining yo‘qolib ketganini tasdiqlagan, deya xabar beradi "Daryo" nashri «National Geographic»ga tayanib.

Avvalroq ushbu izlanish «Rossiya Arktikasi» milliy bog‘i olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Unchalik katta bo‘lmagan (diametri 1,5 kilometr, balandligi 22 metr) Sadaf oroli yuz yil avval kashf etilgan. O‘z nomini u marvaridga o‘xshagani sababli olgan: uning butun hududi muz bilan qoplangan.

Orol arxipelagning sharqiy qismida, Greem-Bell orolidan janubi-g‘arbiy sohildan 200 metr uzoqlikda joylashgan.
«Sayyorada iqlim o‘zgarib bormoqda, bu ayniqsa, yuqori kengliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Biroq so‘nggi vaqtlarda bu tez-tez sodir bo‘lmoqda», — deydi bog‘ vakillari. Olimlar orolning yo‘qolib ketish sabablarini o‘rganmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadaf oroli yer yuzidan yo‘qoldi