17:00 / 01.03.2019
6 071

Kim Chen In Trampdan nima haqida so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Kim Chen In Trampdan nima haqida so‘ragani ma’lum bo‘ldi
Shimoliy Koreya TIV rahbari Li Yon Xoning aytishicha, oxirgi marta o‘tkazilgan sammitda KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampdan sanksiyalarni butunlay emas, balki qisman bekor qilishni so‘ragan. Bu haqda RIA «Novosti»ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bunga javoban sanksiyalarni bekor qilish uchun yangi shart qo‘ygan. Li Yon Xoning aniqlik kiritishicha, Vashington Yonbendagi yadro reaktorini buzib tashlash bilan bir qatorda «yana bir chora» talab qilgan.

AQSh prezidenti Donald Trampning Fox News’ga intervyuda ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralari tomonlarning yadrosizlanish masalasi bo‘yicha turli pozitsiyalari tufayli amaliy natijalarga olib kelmagan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati qisman yadrosizlanishni taklif qilgan, u esa Koreya yarim oroli yadro qurolidan to‘liq xoli bo‘lishi talabini qo‘ygan. Shuningdek, Trampning ta’kidlashicha, KXDRdan yadrosizlanish bo‘yicha «haqiqiy dastur»ni xohlagan.

«Ular [KXDR] bunga tayyor emas edi. Men buni to‘liq tushunmoqdaman... Men ular yadrosizlanishni amalga oshirishini xohlagandim, ammo ular to‘liq yadrosizlanishga borishmaydi, bu faqat qisman bo‘lishini istashadi», - dedi Tramp.
Shuningdek, uning qayd etishicha, to‘liq bo‘lmagan yadrosizlanish evaziga sanksiyalarning qisman bekor qilinishi bo‘yicha reja «noto‘g‘ri» tuyulgan.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR bilan kelishuvga erishmaslik bo‘yicha qaroriga izoh berdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh yetakchisi o‘zidan oldingi prezident Barak Obamaning xatolarini takrorlashni istamagan.

«Prezident Obama Eron bilan yomon kelishuvdan uzoqlashishni xohlamadi. Prezident Tramp bu xatoni Eron, Shimoliy Koreya yoki boshqa qaysidir davlat bilan sodir etmadi», - deya ma’lum qilgan Sanders.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh rahbari har doim, birinchi navbatda, Amerika xalqi xavfsizligi haqida o‘ylaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Trampdan nima haqida so‘ragani ma’lum bo‘ldi