21:10 / 01.03.2019
11 399

Dunyodagi eng ogʻir baliq ilk marta AQSHda topildi (foto)

Dunyodagi eng ogʻir baliq ilk marta AQSHda topildi (foto)
Bahaybat Xudvinker (Mola tecta) quyosh baligʻi Kaliforniya shtati qirgʻoqlarida topildi. Bu haqda Kaliforniyaning UC Santa Barbara universiteti axborot portaliga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Noyob ikki metrli jonivor Santa-Barbara okrugi, Goleta shahri universiteti xodimlari tomonidan topildi. Qirgʻoqqa toʻlqinlar orqali chiqarib tashlangan oʻlik baliqni tadqiq etish uchun AQSH, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan bir necha mutaxassislar yordami talab qilindi. Tarixda birinchi marta Xudvinker quyosh baligʻini noyob tur sifatida 2017 yilda okeanolog Marianna Naygaard aniqlagan.

Foto: Thomas Turner
Ekolog Jessika Nilsen baliqni topgan. U topilmani suratga oldi va ularni Facebookʻda joylashtirdi. Uning hamkasbi Tomas Tyorner fotosuratlarni koʻrib, gʻaroyib baliqni oʻz koʻzi bilan koʻrish uchun sohilboʻyiga yoʻl oldi.

Foto: Thomas Turner
Tyornerning maʼlum qilishicha, bu kabi baliqni avval hech qachon koʻrmagan va uning nostandart koʻrinishidan hayratga tushgan. “Uning dumi va tishlari yoʻq. Ogʻiz uchun faqat katta dumaloq teshik bor”, - deya taʼriflagan u. Keyinchalik suratlar Naygaardga yuborildi, u esa noyob baliq qanday nomlanishini aytdi.

Daily Mail maʼlumotlariga koʻra, ilgari baliq faqat Janubiy yarim sharda, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va Chili qirgʻoqlarida payqalgan. “U ekvatordan qanday oʻtib, sizlarning qirgʻoqlaringizga borib qoldi, yigitlar? Bu baliq ekvatordan nima sababdan kesib oʻtgani juda qiziq”, - degan Naygaard.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng ogʻir baliq ilk marta AQSHda topildi (foto)