14:22 / 02.03.2019
4 080

Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov vafot etdi

Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov vafot etdi
Rossiyalik fizik olim va Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov Peterburgda 89 yoshida vafot etdi.

Bu haqda RIA Novosti Alfyorovning rafiqasi Tamaraga asosan xabar bermoqda.

“Bugun Jores Ivanovich vafot etdi”, - dedi Tamara Alfyorova.

Jores Alfyorov 1930 yil 15 mart kuni Vitebskda tugʻilgan. U shu kunga qadar Rossiyada istiqomat qilib kelgan, fizika boʻyicha Nobel mukofotining yagona laureati edi (2000 yilda yarimoʻtkazgichli geterostrukturalarni ishlab chiqqani uchun berilgan). 1991 - 2017 yillarda Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nobel mukofoti laureati Jores Alfyorov vafot etdi