11:31 / 03.03.2019
7 604

Alisher Usmonovning yaxtasi Barselonada “shov-shuv”ga sabab boʻldi

Alisher Usmonovning yaxtasi Barselonada “shov-shuv”ga sabab boʻldi
Biznesmen Alisher Usmonovning yaxtasi Barselona portiga yetib keldi va shu yerning oʻzida katta shov-shuvlarga sabab boʻldi.
Mahalliy aholi va turistlar hashamatli “Dilbarim” yaxtasi fonida suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu suratlar bilan boʻlishmoqdalar.

Foydalanuvchilardan biri “Prichalga bogʻlab qoʻyilgan boshqa milliarderlarning yaxtalari Usmonovning kemasi oldida mayda qayiqqa oʻxshab qolgani” haqida yozgan.
Aytgancha, uzunligi 156 metrli kemadan ham uzunroq uchta kema mavjud - bulardan biri bir shayxning, biri Bruney shahzodasining va yana biri Roman Abramovichning kemalaridir.

Turli OAVlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, “Dilbarim” Usmonovga taxminan 600 million dollarga tushgan.
Ayni vaqtda internet foydalanuvchilarini Alisher Usmonov Barselonaga qanday maqsad bilan tashrif buyurgani juda qiziqtirib qoʻygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonovning yaxtasi Barselonada “shov-shuv”ga sabab boʻldi