14:02 / 03.03.2019
7 525

Birlashgan arab amirliklari shayxi, milliarder nega hanuz uylanmadi?

Birlashgan arab amirliklari shayxi, milliarder nega hanuz uylanmadi?
Birlashgan arab amirliklarida kelishgan va chiroyli shayx sifatida mashhur Shayx Hamdon ibn-Muhammad Al-Mahdum allaqachon uylanib oila qurishi lozim edi. Ammo hanuz uylanmagan. Vaholanki, u milliarder. Demak, pul masalasida umuman muammosi yoʻq. Qolaversa, atrofida mamlakatning manaman degan nozaninlari bisyor. Xohlaganini olib nikohdan oʻtsa, merosxoʻrni dunyoga keltirish haqida qaygʻursa boʻlardi-ku!

Yoʻq, shayx bunday deb oʻylamas ekan. Aytishlaricha, hali idealidagi qizni topmabdi. Qidirishda davom etmoqda ekan. Buyogʻidan kelsak, u milliarder sifatida koʻplab xayriya tadbirlarida ishtirok etadi. Qashshoq mamlakatlar aholisiga moddiy koʻmak berishdan qochmaydi. Dunyo kezishni, sayohat qilishni sevadi…

Xullas, shayx yor tanlashda sira shoshilmasligini aytib oʻtdi. Oʻzining tan olib aytishiga qaraganda, umrining oxirigacha boʻlsa-da, idealidagi ayolni qidirishda davom etarkan. Ammo idealidagi ayol qanday boʻlishi lozimligini sir tutmoqda.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Birlashgan arab amirliklari shayxi, milliarder nega hanuz uylanmadi?