Italiyaning Neapol shahri politsiyasi eng xavfli jinoyatchilardan biri, mafiya tashkiloti boshligʻi Marko Di Lauroni qoʻlga oldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
U 2 mart kuni oʻtkazilgan maxsus operatsiya chogʻida hibsga olingan. Neapol politsiya boshqarmasi boshligʻi Antonio De Yezuning aytishicha, Di Lauro qoʻlga olinayotganida qarshilik koʻrsatmagan.
38 yoshli Di Lauro Neapoldagi kamorra jinoiy tuzilmasi boshligʻi hisoblanadi. 2005 yilda Italiya ichki ishlar vazirligi Marko Di Lauroni qidiruvdagi ashaddiy jinoyatchilar roʻyxatiga kiritgan.
Qayd etilishicha, Di Lauro bir necha yil ilgari tashqi koʻrinishini oʻzgartirish uchun jarrohlik operatsiyasini oʻtkazgan, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari taʼqibidan qochish uchun bir necha bor ayollar kiyimida yurgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?